Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» yana mag‘lubiyatga uchradi
O‘zbekiston superligasining 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Qo‘qon-1912» jamoasi «Bunyodkor»ni qabul qildi.
O‘yindagi birinchi xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan tashkil etildi. Lekin undan Mirjalol Qosimov shogirdlari unumli foydalana olishmadi. Uchrashuvning 8-daqiqasida esa vakillarimizda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Igor Taranning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Taym o‘rtalariga kelib ustunlik qo‘qonliklar tomoniga o‘tdi. Mezbonlar ketma-ket hujum uyushtirishdi. Biroq ulardan samara keltira olmadi. 33-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng, hisobni ochilishi mumkin edi. «Bunyodkor» himoyachilari xavfni bartaraf etib qolishdi.
35-daqiqada Sobirxo‘jayev-Toshmatov-G‘iyosov kombinatsiyasidan so‘ng Xurshidning boshi bilan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. Bu vaziyatda hakam o‘yindan tashqari holatni ham qayd etdi. 41-daqiqada Milan Spremoda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq serbiyalik o‘yinchining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Legionerimiz deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgandi.
50-daqiqada raqib darvozasi oldida navbatdagi xavfli vaziyat vujudga keldi. Suhrob Berdiyevning kuchli zarbasini Murod Zuhurov katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 56-daqiqada jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to‘pni Darko Gojkovich boshi bilan raqib darvozasi tomon yo‘lladi. Biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. 72-daqiqada mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. O‘tkir Yusupovning mahorati jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi. 76-daqiqada qarshi hujumdan so‘ng Filip Rayevats yaqin masofadan boshi bilan aniq zarba yo‘llagandi darvozabonimiz yana o‘zini ko‘rsatdi. 80-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyevning boshi bilan bergan zarbasini Zuhurov qaytarib qolgandi. Keyingi hujumda esa hisobni ochildi. Aynan Nosir Otaqo‘ziyev himoyadagi pala-partishlikdan unumli foydalandi. O‘yin so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmadi va mezbonlar muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan «Qo‘qon» hisobidagi ochkolar soni 13taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Bunyodkor» esa 16 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi.
O‘zbekiston Superligasi
9-tur
«Qo‘qon-1912» – «Bunyodkor» 1:0 (0:0)
Gol: Nosirbek Otaqo‘ziyev (80).
«Qo‘qon-1912»: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (5. G‘iyos Komilov, 90), 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosirbek Otaqo‘ziyev, 75), 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (96. Muhammadanas Hasanov, 56), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo.
«Bunyodkor»: 25. Murodjon Zuhurov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov (9. Shahzodbek Nurmatov, 45), 3. Islomjon Qobilov, 28. Davronbek Umirov, 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G‘iyosov (21. Rasul Yuldoshev, 88), 44. Mirjamol Qosimov, 99. Filip Rayevats (62. Jahongirbek Abdusalomov, 90+1).
Ogohlantirishlar: Filip Rayevats (34), Islom Qobilov (62).
Mavzuga oid
19:59 / 14.05.2026
«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Shartnoma yana buzildi
21:07 / 13.05.2026
Superliganing eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi
21:36 / 07.05.2026
“Hamma bo‘ynigacha qarz” – “Bunyodkor”da yuzlab ishchilar ofsaydga tushib qoldi
08:38 / 05.05.2026