Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron oliy yetakchisi AQShni Yaqin Sharqdan “daf qilishga” va'da berdi
AQSh Yaqin Sharqni tark etishi lozim, amerikaliklar bu mintaqaga barqarorsizlikdan boshqa hech narsa olib kelishmagan, deb aytdi Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hamaneiy va AQShning bu mintaqada “boshqa oyog‘i bo‘masligiga” va'da berdi.
“Biz bu yerlar aholisimiz, Fors ko‘rfazi va G‘arbiy Osiyo bizning uy, biroq siz ajnabiylar buzuq maqsadlarni ko‘zlaysiz va nifoq solishga intilasiz. Kelgusida bu mintaqaga AQSh va unga o‘xshash davlatlarning qadami tegmaydi”, deb aytgan Xomanaiy “Mehnat kuni” arafasida eronlik ishchilar oldidagi nutqida.
Hamaneiyning aytishicha, Eron emas, aynan AQSh mintaqani tark etishi kerak bo‘lgan davlatdir, chunki amerikaliklar qayerga oyoq bosmasin, bu barqarorsizlik, urush va to‘qnashuvlarga olib kelgan.
“Mintaqadagi ba'zi davlatlar shuni bilsinki, agar ular Eron bilan ro‘baro‘ kelsa, mag‘lubiyatga uchraydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Hamaneiy va AQSh Saudiya Arabistoni hamda boshqa bir qator davlatlarni Eronga qarshi qayrashga intilayotganini qo‘shimcha qildi.
Eron oliy yetakchisining aytishicha, bu davlatlar ushbu masalaga ongli yondashib, AQShning nayrangiga uchmasliklari kerak.
Mavzuga oid
08:55
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026