Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassda birlashgan kuchlar amaliyoti boshlanganini e'lon qildi
Ukraina prezidentining ma'lum qilishicha, Donbassdagi “terrorchilikka qarshi amaliyot” rejimi yakunlandi. Bu haqda Pyotr Poroshenko Twitter’dagi sahifasida yozgan.
Toshkent vaqti bilan soat 16:00da TQAning o‘rniga Ukraina Birlashgan kuchlari amaliyoti (BKA) joriy etildi. Kiyevning fikricha, avvalgi shakl o‘zining dolzarbligini yo‘qotib bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan videoda BKA boshlanishi haqidagi farmonni imzolash payti ko‘rsatilgan. Endi harbiy amaliyotga rahbarlik qilish Ukraina Xavfsizlik xizmatidan harbiylarga o‘tadi. Shu bilan birga, Kiyev aniq “terrorchilikka qarshi amaliyotlarni” istisno etmayapti. TQA rejimi tahdid paydo bo‘lsa, istalgan vaqtda joriy etilishi mumkin, deya aniqlik kiritdi Poroshenko.
Mavzuga oid
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
09:41 / 22.04.2026