Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomahmudovlar oilasining katta qizi: «Shu kunlarga yetib kelganimga shukr»
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qishloqlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak mehr-muruvvat va oqibat ko‘rsatgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasining jasoratini alohida qayd etib o‘tdi.
Prezident “Istiqlol” san'at saroyi nomi va maydoni, bundan tashqari, shu yerdagi "Bunyodkor" metro bekatiga eski nomni qaytarishga, Shayxontohur tumanidagi Bog‘ ko‘cha o‘rniga Shomahmudovlar nomini qaytarish haqida topshiriq berdi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xodimlari Shayxontohur tumani "Jarariq" mahallasi Bog‘ ko‘cha 35-uyda yashovchi Shomahmudovlar oilasining katta qizi Xolida xolaning xonadonida bo‘lganida, Xolida xola bu xabarni eshitib bo‘lganini, bundan juda mamnunligini va bu hayotdan roziligini adolat qaror topdi, deb prezidentni qayta-qayta duo qilayotganini aytdi.
Bugungi kunda sog‘-salomat ikki nabira, besh nafar evara bag‘rida baxtli-saodatli hayot kechirayotganligini ta'kidladi.
- Shu kunlarga yetib kelganimga shukr. Hamma bo‘layotgan xayrli ishlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rayotganimga shukr. 9 may kuni uzun limuzin mashinasida dadamning nomi qaytgan maydonga olib boringlar, - deya hazil aralash aytib o‘tgan Olga Semyonovna.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025