Jahon | 21:12 / 01.05.2018
2888
2 daqiqa o‘qiladi

Amazon o‘z tarmog‘ini proksi-server sifatida qo‘llashni taqiqladi 

Foto: Foto: Frank Augstein / AP

Amazon o‘z tarmog‘ini bloklashlarni chetlab o‘tish uchun proksi-server sifatida qo‘llashni taqiqladi. Bu haqda kompaniya blogida ma'lum qilindi. Oxirgi manzilni yashirishga imkon beruvchi texnologiyani dasturchilargina o‘zlarida saqlab qoladilar.  

Kompaniyada tushuntirilishicha, bu taqiqlov Amazon tarmog‘i orqali zararli dasturlarni tarqatuvchi g‘araz niyatli foydalanuvchilarga qarshi kurash uchun qaratilgan.  

The Verge nashrining ta'kidlashicha, bu taqiqlov Amazon’dan bloklashlarni chetlab o‘tish uchun foydalangan servislarga, jumladan Rossiya va Eronda taqiqlangan Telegram messenjeriga kirishga ta'sir qiladi.

Aprelda Google ham xuddi shunday yo‘l tutgandi. 

Rossiyada aprel o‘rtalaridan Telegram messenjerini to‘sishga harakat qilinmoqda. Roskomnadzor messenjerga kirishni cheklash uchun aksariyati Google va Amazon’ga tegishli bo‘lgan bir necha millionlab IP-adreslarni taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga kiritgandi. Buning oqibatida esa boshqa resurslar ham jabr ko‘rgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid