Erdo‘g‘an Mir Arab madrasasida Qur'on tilovat qildi (video)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxorodagi Mir Arab madrasasini ziyorat qildi va u yerda Qur'oni karimdagi Infitar surasini o‘qidi. Mazkur video Turkiyaning yenisafak.com saytiga joylandi.

Shuningdek prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishishdi. Mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome' masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qilishdi.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdi. Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qal'a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi.
Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me'moriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va san'atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.
Tarixiy va me'moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
Mavzuga oid

19:02 / 19.03.2024
Britaniyada turk tilidagi birinchi Qur’on topildi

22:16 / 07.12.2023
Daniya parlamenti Qur’on va boshqa muqaddas matnlarni yoqishni taqiqladi

23:14 / 27.10.2023
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan iroqlik qochqinni deportatsiya qiladi

17:40 / 13.10.2023