Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farrosh axlatxonadan 7 bo‘lak oltin topdi
Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportida ishlovchi farroshga omad kulib boqdi. U chiqindi konteyneridan umumiy qiymati 327 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi yetti oltin bo‘lagini topib oldi.
Har bir oltin bo‘lagi bir kilogrammdan gazeta ichiga o‘ralgan bo‘lgan. Politsiya taxminlariga ko‘ra, oltinlar egasi qo‘lga tushmaslik uchun ularni axlatxonaga tashlagan.
Agar oltin bo‘laklari egalari yarim yil ichida o‘zini namoyon etmasa, barcha pullarga farrosh egalik qilishi mumkin, deyiladi Scmp'da.
Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, oltin bo‘laklarining egasi namoyon bo‘lgan taqdirda ham, farrosh baribir topilma qiymatining 20 foizigacha foyda olish huquqiga ega.
Biroq bordi-yu bu oltin bo‘laklari jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgani aniqlansa, ular hech kimga nasib etmaydi.
Mavzuga oid
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026