00:21 / 01.05.2018
13909

O‘zbekiston bo‘ylab 4 kunlik avtosayohat tashkil qilinmoqda

Foto: rally.uz

10 may kuni Discover Rally Tour bilan O‘zbekiston bo‘ylab 4 kunlik avtosayohatga start beriladi. "Biz barchasini ikir-chikirigacha o‘ylab qo‘yganmiz: eng yaxshi mehmonxonalarda to‘xtash, tibbiy sug‘urta, professional gid, qiziqarli kvestlar, homiylarimizdan sovg‘alar, eng mazali taomlar. Hamkasblar, sheriklar yoki oila a'zolari bilan avtoralli – bir olam his-tuyg‘ular va taassurotlar olish uchun ajoyib imkoniyat", - deyiladi Discover Rally Tour yangiliklarida. 

"Janub rallisi" 10 maydan 13 maygacha bo‘lib o‘tadi, uning davomiyligi esa - 1500 kilometrdan ortiq. Avtosayohat ishtirokchilarini mamlakatimiz janubiy qismi bo‘ylab qiziqarli sayohat kutmoqda. Yo‘nalishga Kitob kenglik stansiyasi, Kanshbuloq tog‘li ko‘li, Kaptarxona kanoni, Sangardak sharsharasi va ko‘plab boshqa noodatiy joylar kiradi. 

Bu sizning jamoangiz uchun timbildingmi yoki oilaviy sarguzashtmi - o‘zingiz hal qilasiz. Drayvni tashkillashtirish va unutilmas hissiyotlarni biz o‘z zimmamizga olamiz. 

Avtosayohat narxi: 
- o‘z avtosiga ega yoki ekipaj tarkibida bo‘lgan ishtirokchilar uchun 1 300 000 so‘m;
- qulay miniven yo‘lovchilari uchun 1 500 000 so‘m.

Telefonlar: +99890 988-22-58, +99871 150 84 84
Telegram: https://t.me/discoverrallytour

Mavzuga oid
Top