Svazilend qiroli Msvati III muammolar girdobida edi. “Qaçonki, biz xorijiy davlatlarga taşrif buyurganda kişilar mamlakat nomini Şveytsariyaga adaştirib yuboradi”, deydi u. (Ingliz tilida Svazilend - Swaziland​ yozilib, Switzerland​ (Şveytsariya) yozuviga juda öxşaş) Şunday qilib, Svazilendning Buyuk Britaniyadan mustaqil bölganiga 50 yil tölgan kun - 18 apreldan boşlab qirol mamlakat eSvatini nomiga özgarganini e'lon qildi. (Hokimiyat boşqaruvçisi - mutlaq monarx sifatida uning bunga huquqi bor) Nomlanişdagi kiçik harf bilan ifodalangan “e” harfi mutlaq monarxiya saqlanib qolayotgan kam sonli davlatning imidjini yangilaş uçun qilingan urinişdek körinişi mumkin. Ammo, bu şunçaki “Svazilar yeri yoxud makoni” ma'nosini anglatadi, xolos.

Aslida kişilar Svazilend nomini Şveytsariya bilan adaştirib yuborişi, anglaşmovçilikka sabab bölayotgan nom haqida biron şov-şuvli hodisa yuz bermagan. Tabiatan har ikki davlat ham toğli, kam sonli aholiga ega. Har ikki hududda ham töğridan-töğri dengizga çiqiş imkoniyati yöq, iqtisodiy qudratli davlatlar tomonidan “örab olingan“. Biroq, ikkisining orasidagi farq yaqqol seziladi, har holda hukumat tepasida 15 nafar xotini bor qirol uyoqda tursin, jamiyatda bunday kişini özini topiş qiyin bölgan Şveytsariyada OITS/OIV kam tarqalgan. Afsuski, eSvatinida (ha, endi eSvatini deyiş kerak) voyaga yetgan kişilarning 26 foizi yuqorida ta'kidlangan kasalliklar bilan kuraşadi. Oqibatda, kişilarning hayot davomiyligi 58 yoş (salbiy reyting böyiça dunyoda ön ikkinçi davlat). Balki, Svazilend nomidan voz keçib, eSvatini nomi bilan yangi turmuşni boşlaş mamlakatga öziga xos rebrending tölqinini olib kirar.

Masala ham aynan şunda: Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bölgan köplab Afrika davlatlari öziga yangi nom tanlagan. Masalan, Oltin Qirğoq - Gana, şimoliy va janubiy Rodesiya - mos ravişda Zambiya va Zimbabvega aylandi. JAR bağrida joylaşgan jajji Basutolend esa Lesoto nomi bilan “iş boşladi“. Mana şu mantiq ortidan fikr qilsak, Svazilendning eSvatiniga özgargani katta yangilik emas. Bu özgariş, şunçaki, mamlakatni 50 yil ortdagi mustamlaka tarixidan ajratib turişi mumkin.

Qirol BMT örindiğida ham, parlament minbarida ham Svazilend nomini köp takrorlagan, endilikda jahon hamjamiyati uni eSvatini kabi qabul qilişi uçun biroz vaqt kerak. Juda köp taşkilot, idora va korxonalar nomi özgarişi lozim: Svazilend qirollik politsiyasi, Svazilend Universiteti, Svazilend Qurolli kuçlari va h.k. Eng qiziği - endi Konstitutsiya ham özgarişi şart.