08:00 / 20.04.2018
10897

Shveytsariya bilan o‘xshash ataluvchi davlat nomi o‘zgardi

Foto: AFP

Afrika qit'asida joylashgan Svazilend davlati qiroli Msvati Uchinchi mamlakatning nomi o‘zgartirilishini e'lon qildi: endi u Isvatini deb ataladi. Bu mahalliy tilda «svazi xalqi yeri» deb tarjima qilinadi. Bu haqda Zimbabvening Zimeye axborot sayti ma'lum qildi

«Qayerga bormaylik, odamlar bizni Shveytsariya deb ataydi (Swaziland - Switzerland). Men Svazilend o‘zining azaliy nomiga qaytayotganini e'lon qilmoqchiman. Afrika davlatlari mustaqillikka erishish vaqtida mustamlaka qilingunlarigacha ishlatilgan o‘zlarining eski nomlariga qaytishgan. Endi davlatimiz rasman Isvatini qirolligi deb ataladi», deb aytgan qirol Manzini shahrida mamlakat mustaqilligining 50 yillik yubileyi vaqtida. E'tiborlisi, qirol ham 50 yoshini qarshilamoqda.

Portalning ma'lum qilishicha, Svazilend 1968 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lganidan keyin mamlakatning britancha nomlanishini saqlab qolgandi. Mamlakatning qayta nomlanishi g‘oyasi ko‘p yillar muhokama qilingan, chunki mahalliy aholi va mamlakat rahbariyati ko‘proq uning tarixiy nomidan foydalanishgan.  

Svazilend JAR va Mozambik o‘rtasida joylashgan kichik davlat bo‘lib, uning aholisi 1,4 mlndan ko‘proq kishini tashkil qiladi.  

 

Mavzuga oid
Top