Jamiyat | 21:13 / 04.05.2018
10723
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumanidagi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga Prezident sovg‘asi topshirildi

3 va 4 may kunlari Chilonzor tumanida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari sharafiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 

3 may kuni Chilonzor tuman hokimi D.Hidoyatov Toshkent shahri ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, IIBB general-mayori R.Jo‘rayev va Chilonzor tuman IIB bilan hamkorlikda shu tumanda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, sobiq Ichki ishlar xodimi - 1915 yilning 28 mayida tug‘ilgan Chetverikov Vasiliy Filippovich holidan xabar olishdi. 

Foto: Chilonzor tuman hokimligi

Ayni damda 102 yoshni qarshilagan qahramonimiz Chetvertikov Vasiliy Filippovich yashovchi uyning yo‘lagi oldida Toshkent shahri Ichki ishlar ansambli musiqiy orkestri ijrosida harbiy yillar qo‘shiqlari jarangladi. Harbiy qo‘shiqlarga Vasiliy Filippovichning qo‘shnilari ham jo‘r bo‘lib, faxr bilan raqsga tushishdi. 

Foto: Chilonzor tuman hokimligi

4 may kuni esa Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Lakonkin Vladimir Grigorevich (1926),  Zalyautdinov Chingiz Qodirovich (1924), Anpilogov Petr Yefimovich (1923), Mityakin Ivan Pavlovich (1919) holidan xabar olindi. 

Foto: Chilonzor tuman hokimligi

Urush veteranlarini IIV Akademiyasi boshlig‘i B.A.Matlubov va Chilonzor tuman hokimi D.Hidoyatovlar qutlashdi. Chilonzor tuman hokimi 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga tantanali ravishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan soatlarni topshirdi. 

Foto: Chilonzor tuman hokimligi
Foto: Chilonzor tuman hokimligi

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi tumandagi har bir urush qatnashchisi va mehnat fronti veteranini va hatto xizmat burchini bajarish davomida halok bo‘lganlar oilalarini ham qamrab oldi.

Mavzuga oid