Qoriya talaba qiz Qur'oni karimni bir o‘tirishda to‘liq yoddan o‘qib berdi

Toshkent Islom instituti/Foto: wikipedia
Joriy yilning 4 may kuni Toshkent Islom instituti 1-“Z” kurs talabasi Fotima Abdullayeva o‘ttiz pora Qur'oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda 10 soat mobaynida yoddan o‘qib berdi. Bu haqda institut saytida xabar berilgan.
Ma'lum qilinishicha, Fotima Abdullayeva ertalab soat 5dan keyin Qur'oni karimni o‘qib berishni boshlab, Asr namozida yakunladi. Toshkent Islom institutining o‘qituvchisi Islomxon domla Ubaydullayev hatmi Qur'on duosini qilib berdi. Qur'oni karimni o‘qish jarayonini “Tahfizul Qur'on” kafedrasi ustozlari Jahongir qori Ne'matov, Islomxon qori Ubaydullayev, Ahmadxon qori Rashidov, Zafar qori Mahmudov, Jahongir qori Ro‘ziyev hamda talaba qizlar kuzatib borishgan.
Xabarda aytilishicha, Fotima Abdullayeva 2017 yil sentabr oyida 1 kursga o‘qishga kirib, ustozi Zafar qori Mahmudovga Qur'oni karimni kuniga 1 juzdan yodlab topshirishni boshlagandi. Qariyb 8 oy mobaynida Kalamullohni to‘liq yod olib, mana bugun bir o‘tirishda butun Qur'oni karimni ustozlari guvohligida o‘qib topshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Toshkent Islom instituti tarixida ayol-qizlar o‘rtasida ilk bor Gulruh Kenjabek Qur'oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda 16 soat mobaynida to‘liq o‘qib bergandi. Shuningdek, Gulruh Kenjabek 2014 yil o‘tkazilgan Respublika Qur'on musobaqasining hifz yo‘nalishi g‘olibasi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

16:57 / 12.08.2024
Surxondaryoda Imom Termiziy nomidagi Islom instituti ochildi

14:19 / 05.12.2023
“Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovi g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi berildi

14:33 / 08.07.2023
Shvetsiya hukumati Qur’onni yoqishni taqiqlashi mumkin

13:30 / 05.07.2023