Jahon | 21:13 / 04.05.2018
11993
1 daqiqa o‘qiladi

Litvada Gruziya yangicha nom bilan atala boshlanadi

Foto: Sputnik

Litvada Gruziyaning rasmiy nomi “Sakartvelo”ga aylandi. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichus tvitterda ma'lum qildi. 

“Ushbu qaror Gruziya mustaqilligining 100 yilligi arafasida qabul qilindi. Ayni vaqtdan Gruziya Sakartvelo deb ataladi”, deb yozgan Linkevichus.

“Tarixiy qaror bilan tabriklayman! Yashasin Litva-Gruziya do‘stligi!”, deb qo‘shimcha qilgan Linkevichus gruzin tilida.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtgacha Litvada Gruziya “Gruzija” deb yozib kelingan. Sakartvelo gruzinchadan “kartvellar davlati” deb tarjima qilinadi. Kartvellar Gruziyaning asosiy tub aholisini tashkil etuvchi xalq hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid