Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o‘qishga kirish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi qarori bilan Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq institutga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish qayta tayyorlash (to‘rt oylik) va malaka oshirish (bir oygacha) shaklida amalga oshiriladi.
Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari, oliy ma'lumotli va oliy ta'lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislari test sinovi va suhbat orqali ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Institutdagi o‘qish davrida tinglovchilarning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga kirish sinovlari test va suhbat shaklida o‘tkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi. Kirish sinovlari nomzodlarning tanloviga ko‘ra ikki tilda — davlat tilida yoki rus tilida o‘tkaziladi.
Institutda Yoshlar ittifoqi buyurtmasi asosida quyidagi malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etiladi:
• davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yosh istiqbolli kadrlari malakasini oshirish;
• Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda Yetakchilar Kengashi raislari malakasini oshirish.
Institutning malaka oshirish o‘quv kurslari tegishli tashkilotlarining buyurtmasiga binoan to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tashkil etilishi mumkin.
Shuningdek, mazkur hukumat qarori bilan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslariga qo‘yiladigan davlat talablari tasdiqlandi.
Davlat talablarida ko‘rsatilishicha qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish kasbiy faoliyatdan ajralgan holda, malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘qish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Qayta tayyorlash o‘quv kursini to‘liq o‘zlashtirgan hamda malakaviy amaliyot (stajirovka)ni muvaffaqiyatli o‘tagan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Institut direktorining buyrug‘i bilan attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Attestatsiya komissiyasi qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslari tinglovchilarini quyidagi shakllarda attestatsiyadan o‘tkazadi:
• qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi;
• malaka oshirish o‘quv kurslari tinglovchilari uchun kurs ishi himoyasi.
Mavzuga oid
13:45 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishi kerak
08:54 / 25.06.2026
Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi
08:46 / 03.06.2026
Yoshlar loyihalariga 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
13:22 / 10.03.2026