21:45 / 05.05.2018
3844

Xelsinkida o‘zi boshqariluvchi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Daily.mk

Xelsinki shahri ilk o‘zi boshqariluvchi avtobus sotib oldi. Uning sinovlari Finlyandiya poytaxtidagi ilk uzun yo‘nalish Helsinki Robusline’da sinovdan o‘tkazilmoqda. 

Yangi yo‘nalish yoz boshida shaharning Kivikko tumanida joriy qilinadi. Sinovlar  “oxirgi kilometr” muammosi qanday hal qilinishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, uydan yaqin bekatgacha masofa bir kilometrdan ko‘proq bo‘lsa, odam jamoat transportiga emas, avtomobilga o‘tirishi ehtimoli katta, degan fikr mavjud. 

Xelsinkida haydovchisiz avtobuslar sinovini o‘tkazish tashabbusini Metropolia texnologik universiteti bildirgan. Universitet Sohjoa dasturi doirasida 26 aprelda  Suvilaxti tumanida robotlashtirilgan kichik avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Avtobus 3 ta to‘xtash bilan dushanbadan jumagacha soat 10dan 17gacha qatnaydi. Unda istalgan odam yurishi mumkin. Yo‘lovchilar orasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib borilmoqda.

Xelsinkida haydovchisiz jamoat transportining ilk sinovlari 2016 yildayoq boshlangan. O‘shanda Fransiyaning EasyMile kompaniyasining elektr haydovchisiz avtobuslari shaharning Xernesaari tumanida yura boshlagan. Xelsinki London, Los-Anjyeles va Buenos-Ayres bilan bir qatorda shahar muhitiga haydovchisiz transportni joriy qilishga qaratilgan Bloomberg Aspen Initiative loyihasida ishtirok etmoqda.

Top