Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London aeroportida boqish uchun olib kelinayotgan 50 ta timsoh ushlab qolindi
Londonning Xitrou aeroportida 50 ta timsoh ushlab qolindi. Timsohlar egalari yovvoyi hayvonlarni tashish qoidalarini buzishgan. Bu haqda BBC News portali ma'lum qildi.
Bir yoshli timsohlar fermada go‘shti uchun boqish maqsadida Malayziyadan Buyuk Britaniyaga olib kirilmoqchi bo‘lgan. 30 santimetrlik timsohlar Britaniyaga parvoz davomida zich joylashtirilgani sababli bir-birlari bilan talashib kelgan. Beshta konteynerdan har biriga me'yorga ko‘ra 4 ta timsohdan joylanishi kerak bo‘lsa-da, 10 tadan timsoh tiqilgan. Oqibatda bitta timsoh nobud bo‘lgan.
Timsohlar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari savdosi haqidagi konvensiyaga (SITeS) ko‘ra musodara qilingan. Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligida timsohlarga yangi uy topib berilishi ma'lum qilingan.
SITeS 169 ta davlat tomonidan imzolangan xalqaro kelishuv bo‘lib, 1975 yilda kuchga kirgan. Konventsiyadan maqsad yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni sotish natijasida yo‘q bo‘lib ketishdan asrash hisoblanadi. Hujjat imzolangandan keyin uning himoyasi ostida bo‘lgan turlardan birortasi savdo natijasida yo‘q bo‘lib ketmagan.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026