Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter foydalanuvchilardan o‘z parollarini o‘zgartirishni so‘radi
Twitter ijtimoiy tarmog‘i o‘zining 330 milliondan ortiq foydalanuvchisiga akkauntlarining parollarini o‘zgartirishni tavsiya qildi. Shunday ogohlantirishlar foydalanuvchilarga yuborilgan.
Twitter loginlar va parollarni odatdagicha himoyalaydi — servis foydalanuvchining ma'lumotlarini shifrlangan holda saqlaydi. Tizimdagi xatolik sababli akkauntlarning bir qismi himoyasiz qolgan.
«Biz bu xatoni sezib qoldik va bunday xato boshqa ro‘y bermasligi ustida ishlamoqdamiz», — deyilgan kompaniya bayonotida.
Shu bilan birgalikda aynan qancha akkaunt himoyasiz qolgani ma'lum qilinmagan. Reuters o‘z manbasiga asoslanib yozishicha, parollar bir necha oy mobaynida himoyasiz bo‘lib kelgan.
Twitter jamoasi foydalanuvchilarga Twitter, TweetDeck, Tweeten hamda Twitterrific xizmatlaridagi parollarni o‘zgartirishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024