Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatilmaydi
Bir necha yillardan buyon faoliyat olib borayotgan UzPaynet MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda.
Xalq banki va «Mikrokreditbank»ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berishda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi.
Qarorga muvofiq, UzPaynet MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi.
UzPaynet yuristining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, endilikda Xalq banki ta'sisidagi Paynet brendi ostida avvalgi to‘lov xizmatlari davomiy ko‘rsatiladi.
«Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
UZPAYNET kompaniyasi shuni ma'lum qiladiki, PAYNET savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmaydi», deydi yurist.
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
16:54 / 24.06.2024
Hukumat Mikrokreditbankka 2 trln so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratdi
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
16:54 / 29.05.2024