Fan-texnika | 22:51 / 06.05.2018
10921
2 daqiqa o‘qiladi

Suv tozalovchi yangi material ixtiro qilindi

Xitoylik olimlar suvdan tuzni ajratish imkonini beruvchi, shuningdek boshqa foydali funksiyalarga ega yangi membrana material ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. "Sinxua" agentligining xabar berishicha, Chjetszyan universiteti professori Chjan Lin rahbarligi ostida shunga doir tadqiqotlar o‘tkazildi. 

Suv yangi materialdan suv tozalash uchun qo‘llaniluvchi  an'anaviy muqobillarga nisbatan deyarli to‘rt baravar tezroq o‘tadi. Chjan Linning so‘zlariga ko‘ra, ixtirodan uy sharoitlaridagi suv tozalash tizimlarida, oqava suvlar va dengiz suvlarini tuzsizlantirishda  foydalanish mumkin. Mazkur loyiha tijoriy maqsadlarda tatbiq qilish bosqichiga o‘tishga tayyor. 

So‘nggi yillarda Xitoy innovatsiyalar targ‘iboti, yangi texnologiyalar rivoji va ixtirolarga katta e'tibor qaratmoqda. Davlat bu maqsadlar uchun katta mablag‘lar ajratmoqda. XXR davlat statistika boshqarmasi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyning 2017 yildagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktiv ishlarga umumiy sarmoyalari 1,75 trillion yuan (280 milliard dollar)ga yetdi, bu 2016 yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 11,6 foizga yuqoridir. 

O‘n uchinchi besh yillik (2016-2020 yillar) taraqqiyot rejasiga muvofiq, Xitoy 2020 yilga borib umumiy xarajatlarni aholi jon boshiga 500 ming yuan (79,3 ming dollar)ga yetkazmoqchi. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 370 ming yuan (58,7 ming dollar)ni tashkil qilgan. 2015 yil oxirida butun Xitoy bo‘ylab 5,3 million kishi ilmiy ishlanmalar sohasida band bo‘lgan. 

Mavzuga oid