Jahon | 20:37 / 07.05.2018
5176
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston hukmron partiyasi bosh vazir sifatida Pashinyanni saylashga va'da berdi

Foto: Sputnik / Asatur Yesayants

Armaniston Respublika partiyasi muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyanni bosh vazir etib saylashga va'da berdi. Bu haqda jurnalistlarga parlament vitse-spikeri, partiyaning ijroiya organi a'zosi Eduard Sharmazanov ma'lum qilgan.  

“Biz zarur ovozlar bilan, parlament tarkibining uchdan bir qismi ilgari surgan nomzod, bu holda Pashinyanni saylashga yordam beramiz. Partiya va fraksiya qarori bilan deputatlarimiz unga ovoz beradilar”, deb aytgan Sharmazanov.

Sharmazanov respublikachilarning qanchasi Pashinyanga ovoz berishiga oydinlik kiritmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid