Jahon | 20:09 / 07.05.2018
2158
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofotini topshiruvchi akademiya o‘zining to‘rt a'zosi iste'fosini qabul qildi

Foto: Getty Images

Adabiyot sohasida Nobel mukofotini topshiruvchi Shved akademiyasi to‘rt a'zosining iste'fosini rasman qabul qildi, bular - Lotta Lotass, Klas Estergren, Sara Stridsberg va Kerstin Ekman. Svenska Dagbladet gazetasi shu haqida xabar berdi

"Yaqin kunlarda biz ularning iste'fosiga doir matbuot relizini tayyorlaymiz. Bu uch kishi va ular bilan yana Kerstin Ekman ham bor. U akademiya hayotida anchadan beri ishtirok etmadi va biz buni iste'fo uchun yetarli asos deb hisoblaymiz", - deydi Shved akademiyasi doimiy kotibi vazifasini bajaruvchi Anders Ulsson. 

Yaqin vaqt ichida yangi akademiklar saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak, bu muassasaning normal faoliyati hamda Nobel mukofoti sovrindorini tanlash juda uchun muhim.

O‘tgan oy Estergren, Lotass va Stridsberg Akademiya tarkibidan chiqishga doir ariza berishgan edi, Ekman esa bunga qadar shunday istak bildirgan. 

O‘tgan juma Shved akademiyasi mukofotni topshirish marosimini 2018 yildan keyingi yilga ko‘chirishga qaror qildi, bunga sabab sifatida uning a'zolari soni qisqargani hamda butun dunyoda unga bo‘lgan ishonch kamaygani keltirildi. 

Shved akademiyasiga 1786 yilda qirol Gustav III tomonidan shved tili va adabiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida asos solingan.

 

Mavzuga oid