Sport | 20:06 / 08.05.2018
16747
1 daqiqa o‘qiladi

Messi va Saloh «Oltin butsa» uchun kurashadi

Foto: AFP

Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa» sovrini uchun kurash avjiga chiqdi.

Ayni paytda, reytingda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. U 33ta gol bilan 66 ochko to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh egallagan - 31ta gol (62 ochko), uchinchi o‘rinda «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile va «Bavariya» to‘purari Robert Levandovski bormoqda - 29ta gol (58 ochko).

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda «Oltin butsa»ni Messi (2009/10, 2011/12, 2012/13, 2016/17), Krishtianu Ronaldu (2007/08, 2010/11, 2013/14, 2014/15), Diyego Forlan (2008/09) va Luis Suares (2013/14) qo‘lga kiritgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid