19:20 / 09.05.2018
28558

«Real» transfer rekordini yangilash uchun besh futbolchisini sotishga tayyor

Foto: Getty Images

«Real» prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar vaqtida «PSJ» hujumchisi Neymarni sotib olish uchun hamma narsaga tayyor. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olish uchun «Qirollik klubi» besh nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor bo‘lib turibdi.

Nashrning qayd etishicha, sotilishi mumkin bo‘lgaan futbolchilar ichida asosiy da'vogarlar Karim Benzema va Garet Beyl bo‘lib turibdi. Bundan tashqari jamoa Xesus Valexo, shuningdek Dani Sebalos va Mateo Kovachichlarni sotishni rejalashtirgan.

«Real» Neymar uchun 260 million yevro sarflashi kutilmoqda. Braziliyalik futbolchi «Barselona» «PSJ»ga rekord miqdordagi summa — 222 million yevro evaziga o‘tgandi.

2017/18 yilgi mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 29 gol muallifi bo‘lgan. 25 fevral kuni «Marsel»ga qarshi uchrashuvda (3:0) u jarohat olib, 3 mart kuni operatsiya qilingandi. 5 mayga kelib, u parijliklar qarorgohiga qaytdi va ayni vaqtda tiklanish mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Top