Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati
May oyining ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan Amerikaga rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Tashrifning aniq sanasi hozircha rasman e'lon qilinganicha yo‘q.
Kun.uz axborot manbasining ma'lumot berishicha, aprel oyida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuvda joriy yildagi turli darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–AQSh uchrashuvlari muddatlari, jumladan, may oyida O‘zbekiston rahbarining Amerikaga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qilgan.
Mayning boshlarida esa Spratlen xonim Senatda, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida uchrashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yana uchrashuv o‘tkazgan. Uchala rasmiy shaxs ham bir paytlar O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligini boshqarganligidan oliy darajadagi tashrifga hozirlik qizg‘in borayotganligi taxmin qilingan edi.
O‘zbekiston prezidenti o‘tgan yili ham AQShga borgan edi. Bu tashrif 18–20 sentabr kunlarida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida kechgandi. O‘shanda Nyu-Yorkda o‘zbek-amerika biznes-forumi ham o‘tkazilgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?

14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida

22:34 / 28.05.2021