15:47 / 09.05.2018
59257

O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

Bugun, 9 may kuni soat 15:43da Toshkentda kuchli va davomli zilzila kuzatildi.

Yer silkinishi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham sezilgan.

Zilzila kuchi 3-3,5 ball atrofida bo‘ldi.

Zilzila epimarkazi Tojikistonda, poytaxt Dushanbe shahridan 296 kilometr shimoli-sharqda, Ishqoshim yaqinida 100 kilometr chuqurlikda joylashgan. Markazda zilzila kuchi 6,1 ballni tashkil etgan. 

Zilzila Tojikiston va O‘zbekistonning sharqiy hududlaridan tashqari, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston shimoliga ham ta'sir qilgan.

Top