Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyalik dengizchilar kemaga tushishning antiqa usulini namoyish qilishdi (video)
Finlyandiyalik dengizchilar suzib ketayotgan kemaga o‘tib olishning ham antiqa, ham qaltis yo‘lini ko‘rsatdilar. Ushbu holat tasvirlangan rolik Viral Hog kanalida joylashtirilgan. Rolik 4 kun ichida 220 mingdan ko‘proq namoyish to‘plagan.
Video Xayluoto orolida mahalliy vakil tomonidan suratga olingan. Rolikda ikki erkakdan biri yaqinlashib kelayotgan ulkan kema tomon trapni surganini, ikkinchi erkak esa trapning uchiga borib, undan kemadagi arqon narvonga tirmashib, u orqali kemaga o‘tganini ko‘rish mumkin.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida ba'zi detallarga e'tibor qaratishgan. Bir foydalanuvchining aytishicha, kemaga o‘tib olgan lotsman unga yordam bergan hamkasbiga hattoki qo‘l siltab qo‘ymagan. Boshqa bir foydalanuvchi esa trap o‘sha joyda qoldirilgani va demak, bunday yo‘l bilan kema bortiga ko‘plab marotaba o‘tilishini taxmin qilgan. Yana bir foydalanuvchi esa bunday usul bilan kemaga o‘tib olish qaltis degan fikrga kelgan. Boshqalar esa lotsmanda qutqaruv jileti ham bo‘lmaganini qayd qilishgan.
Mavzuga oid
14:28 / 03.11.2025
AQSh zarbasi oqibatida Karib dengizida uch kishi halok bo‘ldi
13:26 / 03.09.2025
AQSh narkotiklar tashilayotgani gumon qilingan 11 kishilik kemani portlatdi
22:59 / 08.07.2025
Arxeologlar «misli ko‘rilmagan» xazinani olib ketish vaqtida hujumga uchragan kema qoldiqlarini topdi
18:26 / 05.06.2025