Jahon | 20:01 / 10.05.2018
21254
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmayotgani haqida xabar berdi

Foto: ASIA-Plus

Aprel oyida internetda iste'molchilarning avtosalonlarda Ravon tanlovi kamaygani va brend menejyerlari yangi avtoulovlar qachon yetkazib berilishi bo‘yicha aniq sanani ayta olmayotgani haqida shikoyati paydo bo‘la boshladi, deb xabar yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».

«Ravon avtomobillari ko‘plab dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi», - deya nashrga tasdiqlagan dilerlik sohasidagi manba.

Nashr kamida ikkita sababni aniqlangan. Bu Rossiya bozoriga narxlarni qayta ko‘rib chiqish va kompaniyaning biznes modelidagi sezilarli o‘zgarish.

«Narxlarni qayta ko‘rib chiqish Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kurslarining o‘zgarishi hamda Rossiya Federatsiyasida qayta ishlash stavkalarining oshishi bilan bog‘liq. Biznes model o‘zgarishi rebrendingga hamrohlik qildi», - deya xabar berishgan Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’dan.

Shu bilan birga, va'da qilinishicha, may oyida avtomobillarni yetkazib berish to‘liq qayta tiklanadi. Bundan tashqari, kompaniya Rossiya uchun yangi modellar ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar ma'lum bo‘lgani, Ravon o‘z pozitsiyasini yo‘qotayotgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid