Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning AQShga tashrifini O‘zbekistondan 80 nafarga yaqin jurnalist yoritadi. Qaysi jurnalistlar ekani noma'lum
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk rasmiy tashrifi bilan boradi.
16 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Oq uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan qabul qiladi. Prezidentlar umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator o‘zaro masalalarni hal etish maqsadida AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investitsiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish bo‘yicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi.
Prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonovning ma'lum qilishicha, ushbu tashrifni yoritish uchun O‘zbekistondan 80 nafarga yaqin jurnalist jalb etiladi.
«Oq uy veb-saytida bu tashrif tarixiy deb atalgan. Tashrifni yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Prezident matbuot xizmati bu voqelik haqida batafsil axborot va media materiallar berib boradi», - deya yozgan Allamjonov feysbukdagi rasmiy sahifasida.
Shu bilan birgalikda, bu jurnalistlar qaysi nashrlar vakillari bo‘lishi ma'lum qilinmagan. Jumladan, «Kun.uz» sayti bu tashrifni yoritish uchun taklif etilmagan.
Mavzuga oid
19:45 / 24.11.2025
Komil Allamjonov prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi
09:58 / 27.09.2025
Komil Allamjonov Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi etib tayinlandi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025