Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Toshkent shahri xalqiga astoydil xizmat qilaman»
Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Sultonovich Rahmonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlangani xabar berilgandi. Tuman hokimligida shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
“Chet eldan kelgan mehmon Toshkentning markazini qidirib topa olmasligi kerak. Ya'ni, u qayerga borsa, o‘sha yerni markazga aylantirish kerak. Agarda chet eldan kelgan mehmon o‘zini qulay his qilsa, mahalliy aholi o‘zini ikki barobar qulay his etadi. To‘g‘risi, yoshligimdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanganim bilan, xalqqa ham foydamiz tegishi kerak. Qo‘limizdan kelgancha harakat qilib keldik. Men aytmoqchi bo‘lgan narsa – men shu sohaga qiziqyapman va Toshkent shahri xalqiga astoydil xizmat qilaman. Olmazor tumanining yangi hokimiga ham muvaffaqiyatlar tilayman”, - deya aytib o‘tgan Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining birdaniga uch tumaniga yangi hokimlar tayinlangani xabar berilgan.
Dastlab, Toshkent shahrining Olmazor tumaniga Baxtiyor Rahmonov yangi hokim tayinlangani xabar berildi.
Oradan biroz o‘tib, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov Sergeli tumaniga hokimi lavozimini egallagani ma'lum bo‘ldi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori Shuhrat Atamuxamedov esa Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
Jahon | 11:56
-
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 11:36
-
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 11:11
-
Ifo bosh direktori yangi global iqtisodiy inqirozni istisno etmadi
Jahon | 10:53
Mavzuga oid

08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025