Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik ayniqsa siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi o‘zaro aloqalarga alohida e'tibor qaratildi.
Mintaqada barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
General J.Votel davlat rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, AQSh prezidenti D.Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
AQSh joriy yil mart oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashi va qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.
Ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Afg‘oniston va butun Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari yo‘lida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta'kidlandi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston prezidentining AQShga kutilayotgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston-Amerika hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishiga qat'iy ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026