Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Astronomlar Yerga “yo‘qolib qolgan” asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirishdi
Foto: Fotolia / AND Inc
Yerga 2010 yilda ko‘rinmay qolgan 2010 WC9 asteroidi yaqinlashmoqda. Bu haqda Britaniyaning Northolt Branch observatoriyasiga iqtibos keltirgan holda EarthSky xabar bermoqda.
Ushbu asteroid ilk bor 2010 yil 30 noyabrda payqalgan. Astronomlar samo jismini 1 dekabrgacha kuzatishga muvaffaq bo‘lishgan, shundan keyin u ko‘rinmay qolgan. AQSh observatoriyasi xodimlari 8 yil o‘tib asteroidni yana qayd qilishga muvaffaq bo‘lishgan.
Asteroid Yerga 16 may kuni soat 03:05da yaqinlashadi. U sayyoramizdan 203 ming km nariroqdan uchib o‘tadi, tezligi soatiga 46 ming kmni, diametri 60-130 metrni tashkil qiladi.
EarthSky’ning ta'kidlashicha, asteroid Yerga ancha yaqin uchib o‘tadi, u bilan sayyoramiz o‘rtasidagi masofa Oygacha bo‘lgan masofaning 0,53 qismiga teng bo‘ladi. Astronomlarning ta'kidlashicha, asteroidning Yer bilan to‘qnashishi xavfi yo‘q.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
07:24 / 31.10.2025
NASA 2025 US6 asteroidi haqidagi ma’lumotlarga kirishni chekladi. Sabab nima?
07:50 / 27.10.2025