21:00 / 14.05.2018
9188

Rasman: Tomas Tuxel «PSJ»ga bosh murabbiy bo‘ldi

Germaniyalik futbol mutaxassisi Tomas Tuxel «Pari Sen-Jyermen» klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda parijliklar klubi saytida rasman ma'lum qilingan.

Tuxel «PSJ» bilan 2 yillik shartnoma tuzgan. U bu lavozimda Unai Emeri o‘rnini egalladi.

Ayni vaqtda 44 yoshda bo‘lgan Tuxel 2009 yildan 2014 yilgacha «Maynts» bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. U 2015 yildan 2017 yilgacha Dortmundning «Borussiya»sini boshqargan va jamoa bilan 2016/17 yilgi mavsumda Germaniya Kubogida g‘olib chiqqandi. U 2017 yilning yozidan buyon ishsiz edi.

Mavzuga oid
Top