Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3574-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. Vazirlar Mahkamasining «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2000 yil 2 noyabrdagi 424-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 11-son, 70-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari «Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 1-ilova 2-bandining ikkinchi xatboshidagi «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari «Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» so‘zlari bilan almashtirildi.
2. Vazirlar Mahkamasining «Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2003 yil 19 fevraldagi 93-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son 16-modda) 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
3. Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2012 yil 14 iyuldagi 217-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 7-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tili matnidagi 4-bandi va 10-bandi ikkinchi xatboshidagi «Fonda selevogo finansirovaniya gosudarstvennyx zakupok selskoxozyaystvennoy produksii i osnashcheniya texnikoy selskogo xozyaystva pri Kabinete Ministrov» so‘zlari «Fonda gosudarstvennoy podderjki selskogo xozyaystva pri Ministerstva finansov» so‘zlari bilan almashtirildi.
4. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2017 yil 24 oktabrdagi 870-son qaroriga 1-ilovada:
a) 8-bandda:
«b» kichik bandning uchinchi xatboshidagi «va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari chiqarib tashlandi;
«j» kichik bandning o‘n beshinchi xatboshidagi «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari «Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 9-bandning beshinchi xatboshidagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari chiqarib tashlandi.
5. Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qaroriga 1-ilovaga 3-1 va 10-1 pozitsiyalar qo‘shildi.
6. Vazirlar Mahkamasining «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 12 fevraldagi 106-son qaroriga 1-ilova 9-bandining beshinchi xatboshidagi «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari «Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»so‘zlari bilan almashtirildi.
7. Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 28 fevraldagi 149-son qaroriga 8-ilova 8-bandining birinchi xatboshidagi «2 foiz» so‘zlari «2,5 foiz» so‘zlari bilan almashtirildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
-
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov
O‘zbekiston | 18:31
Mavzuga oid

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

15:25 / 19.11.2024