Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana xususiy qo‘riqlash agentliklari faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda yana xususiy qo‘riqlash agentliklari paydo bo‘lishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylangan «Davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasida shu haqda ko‘zda tutilgan.
Loyiha 2019 yilning 1 yanvaridan 27ta davlat funksiyalarini, jumladan, qo‘riqlash xizmatlarini (strategik, davlat obektlarini qo‘riqlash bundan mustasno) ko‘rsatishni xususiy qo‘llarga va fuqarolik jamiyati institutlariga berishni taklif etmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy qo‘riqlash agentliklari 2014 yil 1 fevralgacha mavjud bo‘lgan — o‘shandan buyon qo‘riqlash faoliyati bilan faqat Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Qo‘riqlash» birlashmasi shug‘ullanadi, u kompaniyalarga shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
Qonun loyihasida ushbu tartibni bekor qilib, mazkur faoliyatni litsenziyalashni joriy qilish taklif etilgan. Loyiha 27 maygacha muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
10:51 / 21.01.2026