Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni AQShning Al-Qudsdagi elchixonasini tan olmasligini ma'lum qildi
Saudiya Arabistoni hukumati AQShning Tel-Avivdagi elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishini “falastinliklar huquqlarining jiddiy poymol qilinishi” deb atadi va elchixonani tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni yangiliklar agentligi qirol Salmon boshchiligidagi yig‘ilish natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
“Hukumat AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishini tan olishdan bosh tortishini bildiradi va bu qadam falastinliklarning Al-Qudsga tarixiy huquqlarining jiddiy poymol qilinishi ekanligini ta'kidlaydi”, deb aytilgan xabarda. Saudiya Arabistoni hukumati AQSh ma'muriyatining bu qadamini “butun dunyodagi musulmonlar nafsoniyatiga teguvchi, tinchlik jarayonini ilgari surishdagi katta ortga ketish” deb baholagan.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026