Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga yana tosh otishdi, IIV bayonot bilan chiqdi
Samarqand shahrida 15 may kuni noma'lum shaxs “Samarqand-Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining oynalariga tosh otgan oynalar darz ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, jarohat olganlar yo‘q.
“Ushbu nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida, poyezddagi yo‘lovchilarimiz manzillariga sog‘-salomat yetib olishlari uchun avvalambor, ota-onalarning farzandlarga bo‘lgan e'tibori, ta'lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va Samarqand viloyati MFY mutasaddilari tomonidan yoshlarga bu borada tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishlarini so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026