Bugun Taroveh
Alloh taologa hamd bo‘lsin-ki, muqaddas Ramazon oyiga ham yetib keldik. Bu oy chiroyli amallar qilinishi bilan boshqa oylardan ajralib turadi. Ana shunday amallardan biri kechalari qoim bo‘lib, masjidga chiqib Taroveh namozini o‘qishlikdir.
“Taroveh” lug‘atda “orom oldirish, dam berish” ma'nolarida kelgan “tarveha” so‘zining ko‘plik shaklidir. Istilohda Ramazon oyida xuftonning sunnati va vitr namozi o‘rtasida o‘qiladigan namozga nisbatan ishlatiladi. Namozning har to‘rt rakatidan so‘ng to‘xtab, dam olingani uchun “taroveh” deb nom berilgan.
Taroveh namozi yigirma rakat bo‘lib, erkak va ayollar uchun sunnati muakkadadir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Allohdan savob umid etib, Ramazon namozini (tarovehni) o‘qisa, oldingi gunohlari kechiriladi”, deya marhamat qilganlar (Buxoriy, “Salotut-taroveh”, 1; Muslim, “Musofirin”, 174).
Ma'lumot o‘rnida shuni eslatib o‘tish joiz. Bugun, 16 may kuni mamlakatimizning barcha masjidlarida Taroveh namozlari o‘qiladi. Uning vaqti har bir tuman va shahardagi jome masjidda o‘qiladigan hufton namozi vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida ham bu yili mavjud 120 masjiddan 112tasida Xatmi Qur'on qilinadi. Qorilar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Toshkent shahri masjidlarida xatmi Qur'on o‘tkazib beruvchi qorilar ro‘yxati e'lon qilindi
Mavzuga oid
20:15 / 08.04.2024
Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
18:37 / 01.04.2024
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi
12:44 / 14.03.2024
Foto: Prezident Sirdaryo viloyatiga poyezdda yo‘l oldi
21:48 / 11.03.2024