Yerevanda yana namoyishlar. Meriya binosiga bostirib kirildi
Armanistonda namoyishchilar guruhi Yerevan meriyasi binosiga bostirib kirishgan va shahar boshlig‘i Taron Margaryaning iste'fosini talab qilishgan. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar tarqatmoqda.
Yerevan meriyasi Armaniston politsiyasiga murojaat qilib, noqonuniy namoyish haqida ma'lumot bergan.
Meriya matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Margaryan Armaniston politsiyasi boshlig‘i Valeriy Osipyan bilan telefon muloqoti o‘tkazgan va uni namoyishchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilishiga ishontirgan.
Armaniston parlamenti deputati, «Yelk» fraksiyasining sobiq a'zosi Alen Simonyan ham jurnalistlar bilan suhbat vaqtida Margaryan iste'foga chiqishi zarurligi haqida gapirgan.
«Uning siyosiy jamoasi ketdi. U ham ketishi kerak», deya qayd etgan Simonyan.
Xuddi shu vaqtda Yerevan meri tarafdorlari ham uni qo‘llab-quvvatlagan holda namoyishga chiqishgan.
Shaharda 16 may kuni boshqa bir necha guruhlar ham turli nuqtalarda namoyishlarga chiqqan. Bosh vazir qarorgohiga ketishda, Bagramyan shohko‘chasida harbiy komissariat xodimlari norozilik aksiyalari o‘tkazishgan. Ular Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan islohotlaridan norozi bo‘lishmoqda. Biroz avvalroq hududiy harbiy komissariatlar tugatilgan, Armanistonning 10 viloyatida bittadan komissariat qolgandi.
Mavzuga oid
22:56 / 09.08.2024
Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil muddatga shartli qamoq jazosi tayinlandi
20:45 / 05.08.2024
Bangladesh bosh vaziri qochdi, namoyishchilar uning qarorgohini egallagan. Asosiy ma’lumotlar
23:09 / 04.08.2024
Yevropadagi yettita davlat Venesuelani prezidentlik saylovi natijalarini isbotlashga chaqirdi
18:02 / 04.08.2024