Osiyo Chempionlar Ligasida 1/8 final o‘yinlariga yakun yasaldi.
«Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Kashima Antlers»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo, dastlabki o‘yindagi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat shanxayliklarning musobaqadagi ishtirokiga yakun yasalishiga sabab bo‘ldi.
Hamyurtimiz Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Yana bir bahsda koreyaning ikkita klubi bellashdi. «Suvon» o‘z maydonida «Ulsan»ni 3:0 hisobida yengib, keyingi bosqichga chiqdi.
OChL, 1/8 final, javob o‘yinlari
16 may
Shanxay SIPG (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya) - 2:1
Gollar: Halk (7, 81 pen) - Doi (42)
Dastlabki o‘yin: 1:3
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Ulsan Hyonde (Janubiy Koreya) - 3:0
Gollar: Kim Gun Hi (26, 31), Vaguinino (90+1)
Dastlabki o‘yin: 0:1