Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi

Foto: Twitter/Mark Knoller
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
Ayni paytda davlat rahbarlari yopiq eshiklar ortida suhbatni davom ettirmoqda.
G‘arb matbuotida tarixiy uchrashuv deb e'tirof etilayotgan mazkur voqea 16 yilda ilk marta yuz bermoqda. Diplomatik munosabatlar tarixida ilk marta AQSh rasmiy vakili, sobiq Davlat kotibi Jyeymes Beyker 1992 yil 16 fevral kuni Samarqandga tashrif buyurgandi.
Shundan so‘ng, 2000 yilda Davlat kotibi lavozimida ishlagan Madelen Olbrayt xonim, 2001 yilda Davlat kotibi Kollin Pauel, oradan 9 yil o‘tib ushbu lavozimda ishlagan Hillari Klinton O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Klinton xonim bir yil ichida yana O‘zbekistonga rasman kelgan.
2015 yili esa AQSh Davlat kotibi lavozimida ishlagan Jon Kerri Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Respublikasi sobiq prezidenti Islom Karimov 2002 yil mart oyida Vashingtondagi Oq uyda AQSh sobiq prezidenti Jorj Bush bilan uchrashgandi.
Shundan buyon, davlat rahbarlari rasmiy tashrifni amalga oshirmadi. Ayni chog‘da AQSh prezidenti Donald Tramp taklifi bilan Shavkat Mirziyoyev Oq uyga tashrif buyurdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajati vaucher asosida qoplab beriladi
O‘zbekiston | 13:33
-
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
Jahon | 13:32
-
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi
Jahon | 13:29
-
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 13:02
Mavzuga oid

13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi

10:37 / 28.04.2025
Tramp yangi antirekord o‘rnatdi

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

12:58 / 19.04.2025