Indoneziya yaqinida ko‘plab yangi suv osti jonzotlari topildi
Singapur va Indoneziya biologlari guruhi Hind okeani tubida avval fanga noma'lum bo‘lgan bir qator jonzotlarni aniqlashdi. Bu haqda Daily mail nashri ma'lum qildi.
Mart oxirida olimlar Hind okeani bo‘ylab 2 haftalik ekspeditsiyaga jo‘nashgan. Ular ekspeditsiya davomida 800 ga yaqin turdagi jonzotlarni tahlil uchun tanlab olishgan. Jonzotlar orasida bir nechta yangilari, jumladan “qonli krevetkalar” va “arrali omar” bo‘lgan.
“Hind okeanining bu qismida hech qachon chuqur suv osti jonzotlari izlanmagan, shu sababli bu yerda nima topish mumkinligini bilmasdik”, deb aytgan biologlardan biri.
Olimlarning fikricha, ular tutgan yangi jonzotlar orasida e'tiborlilaridan biri mushuk o‘lchamidek keladigan katta suv osti suvaragidir. Unga Dart Veyder Izopod deb nom ham berilgan.
Taxmin qilinishicha, ekspeditsiyada ochilgan yangi turdagi jonzotlarni o‘rganishga bir necha yil ketadi. Biologlar tadqiqotlarining ilk natijalarni 2020 yilgacha chop etishmoqchi.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024