Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar mehmonxonasi. Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda qayerni manzil qilgan?
Oq uy Vashingtondagi eng muhim bino hisoblanadi. Biroq ko‘chaning narigi betida bir necha yillar mobaynida AQSh tarixi va siyosatida muhim o‘rin tutgan hukumatning mehmonlar uchun qarorgohi joylashganini hamma ham bilmaydi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng «Bler Haus» dunyoning eng eksklyuziv mehmonxonasi bo‘lgan. U yerda qirol oilalari va davlat rahbarlari yashagan.
16-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham «Bler Haus»ga joylashgan.
«Bler Haus» – prezidentning rasmiy mehmon uyi
U Oq uy joylashgan ko‘chaning ro‘parasida
«Bler Haus» 1820 yilda AQSh armiyasining tibbiyot boshqarmasi sakkizinchi boshlig‘i Jozef Lovel uchun qurilgan
1836 yilda prezident Endryu Jyeksonning tarafdori va yaqin do‘sti uyni 6500 AQSh dollariga xarid qilgan
1942 yil Franklin Ruzvelt boshqaruvi davrida AQSh hukumati binoni sotib oldi
O‘sha vaqtdan beri uy davlat va xorijiy delegatsiya rahbarlari uchun qarorgoh vazifasini bajargan
Foto: Wikipedia Commons
Prezident Harri Trumen Oq uy ta'mirlanayotgan vaqtda bu uyda to‘rt yil yashagan
Foto: Arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasi
1950 yilda puerto-rikolik ikki nafar millatchilar Trumenni mehmon uyida o‘ldirishga harakat qilishgan. Politsiyachilar ulardan birini yo‘q qilgan, boshqasini yaralagan.
Bugungi kunda «Bler Haus»da 110ta xona bor. Uning maydoni 70000 kvadrat metrga teng. Texnik jihatdan u Oq uyga qaraganda kattaroq.
Har bir mehmon kutish xonasida yuvinish xonasi, uchta tushlik zali, ikkita katta konferensiya zallari, sportzal va kir yuvish xonalari bor.
Foto: Pit Souza
Uyda dam olish, uchrashuvlar o‘tkazish uchun ko‘plab joylar va kutubxona mavjud.
«Bler Haus» mehmonxona emasligi sababli mehmonlar shaxsiy qarorgohda qolganlarini his etishlari juda muhim», – deyiladi AQSh Davlat departamenti jurnalidagi maqolada.
Uyda prezident tomonidan rasmiy ravishda taklif etilgan mehmonlargina qolishlari mumkin.
Qasamyodni kutayotgan prezidentlar bundan mustasno
Foto: AP
Prezident vafot etganida uning oilasiga dafn marosimidan oldin «Bler Haus»da qolishga ruxsat beriladi.
Foto: Jim Yang/Reuters
Qarorgohning maxsus ishchilari uyni tozalash va mehmonlar kelishiga tayyorlash uchun javobgar
Foto: Aleks Vong/Getty
1980 yildagi kapital ta'mirdan so‘ng uy ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladigan asosiy joyga aylandi.
Foto: Greg Gibson/AP
Qarorgohda qirolicha Yelizaveta II, Vladimir Putin, Ispaniya qiroli Xuan Karlos va Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxu mehmon bo‘lib qolishgan.
Foto: Maykl Smit/Getty
Uyda asosan AQSh rasmiy shaxslarining keng doirasi bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Foto: Aleks Vong/Getty
2015 yil Oq uydagi uchrashuvdan keyin Barak Obama va Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti Si Jinping «Bler Haus»da tushlik qilishga borishdi.
Bir yil o‘tgach, AQSh senatori Jon Kerri «Demokratiya uchun milliy liga» yetakchisi va Nobelning tinchlik uchun mukofoti sovrindori Aun San Su Chji bilan uchrashdi.
Xorijiy arboblarning qarorgohga tashrifi vaqtida davlat bayroqlari osib qo‘yiladi
Foto: Aleks Vong/Getty
AQShning rasmiy shaxslari tushlik va ziyofatlarni doimiy ravishda qarorgohda o‘tkazishadi
Foto: Reuters
«Bler Haus» haqida ko‘pchilik bilmasa-da, u Amerika diplomatiyasi tarixida katta o‘rin tutadi.
Mavzuga oid
16:06 / 01.12.2025
Oq uy saytida OAV uchun “sharmandalar zali” ochildi
08:30 / 27.11.2025
Oq uy yaqinida otishma: afg‘onistonlik muhojir milliy gvardiyachilarni o‘qqa tutdi
21:20 / 21.10.2025
Tramp Oq uyni rekonstruksiya qilishni boshladi
09:32 / 01.10.2025