19:31 / 17.05.2018
8972

Rasman: Buffon «Yuventus»dan ketmoqda

Janluidji Buffon matbuot anjumani o‘tkazib, «Yuventus»dan ketayotgani haqida rasman ma'lum qildi.

Foto: Juventus F.C

«Shanba kuni men «Yuventus» safida oxirgi o‘yinimni o‘tkazaman. Hozir bu ajoyib sarguzashtlarni yakunlashning ayni vaqti.

Men futbolchi sifatida faoliyatimni davom ettirish uchun ham, boshqa ishda ham bir qancha takliflar oldim. Keyingi haftada yakuniy qarorimni hamma bilib oladi.
 
Hozir esa kelajagim borasida turli bashoratlarga o‘rin yo‘q», –  deya qayd etgan Buffon.

Bundan oldinroq Buffonga «Liverpul»dan taklif borligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top