Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook va Instagram ishlashida butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda
18 may kuni butun dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari ishlashida muammolar kuzatilmoqda. Bundan ommaviy internet-resurslar ishini kuzatuvchi Downdetector servisi sahifasidagi ma'lumotlar darak bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar ishlashida muammolar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlangan. Instagram foydalanuvchilarining yarmidan ko‘prog‘i (58 foiz) o‘z akkauntlariga yangiliklarni yuklashda, 24 foizi servisning sayti ishlashida muammolarga duch kelganlar, 16 foiz foydalanuvchilar akkauntlariga kira olmaganlar. Facebook foydalanuvchilarining 52 foizida xizmat ishlamayapti, 31 foizi akkauntlariga kira olmayapti, 15 foizida fotosuratlar yuklanmayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarning ishlashida muammolar haqida ko‘proq Rossiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Eestoniya va boshqa davlatlarda xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:55 / 12.01.2026
Antivirus kompaniyasi millionlab Instagram foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqishini qayd etdi. Instagram rad qildi
18:56 / 02.01.2026
Instagram rahbari: internetdagi surat va videolarga endi so‘zsiz ishonib bo‘lmaydi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
23:44 / 14.10.2025