Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Bortida yuzdan ko‘proq yo‘lovchi bo‘lgan Cubana de Aviacion aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti 18 may kuni Kubada halokatga uchradi. Bu haqda Telemundo kanali ma'lum qildi.
Samolyot Gavanadan Olginga uchayotgan bo‘lgan. U Gavana aeroportidan havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqa o‘tib qulab tushgan.
Infobae portali ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda 104 kishi bo‘lgan. Cibercuba nashrining ma'lum qilishicha esa, samolyotda ekipajdan tashqari 107 kishi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan.
Voqea guvohlarining ma'lum qilishicha, aeroport tomondan “katta o‘lchamdagi olov shar” ko‘ringan. Aviahalokat sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
22:15 / 05.06.2026