Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifini tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilmoqda.
Xabar qilinishicha, davlat rahbari tashrif davomida Andijondagi to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.
Kun.uz axborot manbasining xabar berishicha, Prezident tashrif davomida viloyatning cho‘l hududi bo‘lgan Ulug‘nor tumanidagi Shahriston mahallasida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbari Andijon tumanida «Zamin Bio Health» jamiyati tomonidan yangi ish boshlagan insulin zavodi, «Milano tekstil» korxonasi, «Andijan Silk Co» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, Asaka tumanida tashkil etilgan «Sabo hamkor» jamiyatida tashkil etilgan banan bog‘iga tashrif buyurishi mumkin.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026