Shavkat Mirziyoyev prezidentni yo‘lakda kutib turgan vatandoshlar bilan suratga tushdi
«Amerikadagi O‘zbekiston yoshlar assotsiatsiyasi» (UYAA) Feysbuk tarmog‘i orqali bir guruh o‘zbekistonlik vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Jahon banki binosida kutib turgani haqida jonli efirda ma'lum qilgandi.
O‘zbekistonlik huquqshunos va blogger Nodir Zakirovning yozishicha, Amerikadagi faol va vatanparvar vatandoshlar Shavkat Mirziyoyev bilan qo‘l siqib ko‘rishib, esdalikka suratga tushishni so‘rashgan.
UYAA jonli efirda taqdim etgan lavhada o‘zbekistonliklar davlat rahbari bilan suhbat qilish uchun aynan bino yo‘lagida kutib turishgandi. Ma'lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoyev ular bilan ko‘rishib, suratga tushgan. Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ana shu uchrashuv haqida yozib shunday deydi:
«Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki shtab-kvartirasiga tashrifi chog‘ida mazkur bankda ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari, hamyurtlarimiz bilan uchrashdi».
Mavzuga oid
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
17:43 / 18.10.2024
“Qarz olinganiga yarasha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror bo‘lishi lozim” - Jahon banki katta iqtisodchisi
08:20 / 18.10.2024