O‘zbekiston | 20:53 / 19.05.2018
20511
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident topshirig‘i bilan yana bitta qishloq obod bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Ulug‘nor tumanidagi Shahrobod mahallasida «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, odamlar bilan muloqot qildi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

“Yaqin-yaqingacha xarob ahvolda bo‘lgan Shahrobod mahallasi butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. 24 ta ko‘p qavatli uy, bolalar bog‘chasi va maktab kapital ta'mirlandi. Tomlari yangilanib, tunuka shifer bilan qoplandi. 7,3 ming kvadrat metr maydonga bruschatka yotqizildi, yoritish chiroqlari, dam olish o‘rindiqlari o‘rnatildi”, deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, qurilish va obodonlashtirish ishlari yana davom etadi. 150 o‘rinlik to‘yxona, hammom, mini-marketlar quriladi, qandolatchilik va tikuvchilik sexi tashkil etiladi. Prezident ushbu galdagi loyihalar bilan tanishdi. Tumanlar markazlari bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid