Shavkat Mirziyoyev: «Bizni xalq sinayapti, juda qattiq sinayapti»

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida ishsizlik va davlat rahbarini qiynayotgan tashvish haqida gapirib o‘tdi.
«Bizni xalq sinayapti, juda qattiq sinayapti. Qachongacha yetib borar ekan, qaysi marra, qachon bular eski tos, eski hammom bo‘lishiga o‘tadi, degan xalqimizda hali qo‘rquv borligi - haqiqat.
Meni hech kim alday olmaydi, sizlarni ming maqtaganingiz, balandparvoz gap aytganingiz bilan, men ishonmayman. Men pastda yurgan odamman. Shuning uchun birinchi qadam qo‘yayotganimiz - odamlarni ishontirish, adolatli mehnat qilish. Bu juda katta, yuksak ishonch. Bunga munosib bo‘la olamizmi - bu mening eng katta tashvishim», deya ta'kidlagan Shavkat Mirziyoyev.
Kun.uz muxbirining xabar qilishcha, davlat rahbari yig‘ilish ishtirokchilariga qarata ana shu mas'uliyatni anglagan holda, «tashvishni birga hazm qilish»ni so‘ramoqda.
«Shunda, mana shunday, ulug‘ ayyom kunlarda xalqimiz ozgina bizdan rozi bo‘ladi. Xalqimizni qiynayotgan narsa - ish joyi yo‘q, ertangi kuniga ishonchi yo‘q. Men ma'ruza qilishga kelganim yo‘q. Men sizlarning yuzingizga qarab, haqiqiy ahvolni bilish uchun keldim. Mana shuni unutmaylik. Bir narsani bilib olaylik: xalqni bundan keyin aldab bo‘lmaydi», deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev xorijda ishlayotgan mehnat muhojirlari haqida shunday to‘xtalib o‘tdi:
«Ular bekorga chetda yurgani yo‘q. Ularga ish joyini tashkil qilib berolmaganimiz uchun chetlarda yuribdi. Hamma balo ham shundan keladi», deya ishsizlik masalasiga murojaat qilgan davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi

11:46 / 26.05.2025