Sel kelishi oqibatida Navoiy viloyati chorvadorlariga katta zarar yetgan
Shu kunlarda O‘zbekistonning turli mintaqalarida ob-havo injiqliklari sababli sel kelgani va turli oqibatlarga sabab bo‘lgani haqida xabarlar berilmoqda. Tahririyatimizga shunday tabiiy ofatlardan biri aks etgan videolavha kelib tushdi.
Hodisa Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir bo‘lgan, «Olchin Agro Eksport» MChJ xodimlari «Kun.uz»ga videolavha bilan taqdim etgan ma'lumotlarni aslicha keltirishga qaror qildik.
«Barchamizga ayonki, tabiiy ofat yuzaga kelgan hududlarda vaziyatni nazorat qilish uchun tuman (shahar, viloyat) hokimlari ma'sul bo‘lishadi. Ularning asosiy vazifalari tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash, uni bartaraf etish va kelgusida tabiiy ofat oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha kompleks choralarni hayotga tatbiq etilishini nazorat qilishdan iborat.
Navbahor tumanida buning aksiga guvoh bo‘ldik. Sel kelib, oradan bir necha kun o‘tganiga qaramay, tuman mutasaddilari tomonidan tabiiy ofat ko‘lami, uning oqibatlari, yetkazilgan zarar miqdori, qurbonlar bor-yo‘qligiga mutlaqo qiziqish bildirilmadi.
Nobud bo‘lgan mayda va yirik chorva mollarining sonini aniqlashning imkoni yo‘q, biroq chorva mollari soniga yetkazilgan talofat yirik miqdorda, deyish mumkin. Allohga shukrlar bo‘lsinki, xo‘jaligimiz a'zolari o‘rtasida qurbonlar bo‘lmadi. Biz sarmoyador sifatida shu yerga Toshkentdan kelib, bir necha kun mobaynida ancha tartib o‘rnatishga erishdik. Lekin shu hudud mutasaddilari xabar ham olishmadi. El boshiga ish tushganda tuman rahbarlari birinchi galda shunday muammolar bilan shug‘ullanishlari kerak emasmi?
Sel oqibatida asosan imoratlar zarar ko‘rgan bo‘lib, uning miqdorini aniqlash biz uchun mushkullik tug‘dirmoqda. Bunday holatlarda, biz soliq to‘lovchilar sifatida hokimiyatdan biror yordam kutishga haqlimizmi, yoki «o‘z yog‘imizga qovurilib» qolaveramizmi», deyiladi taqdimnomada.
Videoda sel boshlanishi va tabiiy ofatdan keyingi kunlardagi holat aks etgan. Qayd etish o‘rinliki, videoda fuqarolarning favqulodda holatlarda o‘zlarini qanday tutishlari bo‘yicha bilim saviyasi juda pastligi yaqqol namoyon bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Jahon | 08:43
-
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Jahon | 08:37
-
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
O‘zbekiston | 08:35
-
Toshkentda yangi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish joriy qilindi
O‘zbekiston | 08:33
Mavzuga oid

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:37 / 11.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

14:22 / 10.04.2025
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi

16:45 / 07.04.2025